2 mart oqşomda Toşkentdan Sankt-Peterburgga uçib kelgan yölovçi samolyoti qönişni amalga oşirgandan keyin uçiş-qöniş yölagidan taşqariga çiqib ketdi. Bu haqda Pulkovo aeroportini boşqaruvçi kompaniya matbuot xizmati ma'lum qildi.  

Gap “Özbekiston havo yöllari”ning Toşkentdan reys amalga oşirgan Boeing 767 samolyoti haqida bormoqda. Ma'lum qilinişiça, samolyot mahalliy vaqt bilan soat 21:59da qöngan, biroq rullaş vaqtida yölakdan çiqib ketgan.

Aeroport xizmatlari darhol voqea joyiga yetib kelib, yölovçilarni samolyotdan tezkorlik bilan tuşirişgan va avtobuslarda terminalga yetkazişgan. Jabrlanganlar yöq.

Boşqaruvçi kompaniyada samolyot turar joygaça şatakda olib borilişi ma'lum qilingan. Aeroport odatdagi tartibda işlayotgani, uçiş-qöniş ikkinçi yölakdan amalga oşirilayotgani aytilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, voqea yomon ob-havo şaroiti sababli yuz bergan. Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda. 

Sankt-Peterburgning “Fontanka” naşrining ma'lum qilişiça, 2 mart kuni şaharga yopirilgan böron va kuçli şamol sababli şaharga uçib kelayotgan ba'zi samolyotlar qönişga ruxsat berilişini poylab şahar uzra uçib yurgan, ba'zilari esa zaxira aerodromlarga ketişga majbur bölgan. 

Eslatib ötamiz, “Özbekiston havo yöllari” aviakompaniyasi Pokiston va Hindiston örtasidagi siyosiy mojarolar tufayli havo yöllari yopilganligi sabab 1 martdagi Lohur-Toşkent qatnovini bekor qilgandi. Şu sababli Pokiston ustidan ötuvçi ba'zi yönalişlarda muammolar kuzatilişi mumkin.