AQŞning Jorjiya ştatida mahalliy fermer irrigatsiya zovurida vazni 320 kilogramm va uzunligi 4 metrdan oşadigan ulkan timsohni aniqladi.  

Foto: cbsnews

Ulkan yirtqiçning surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, biroq köpçilik uning haqiqiyligiga şubha bildirgan. 

Tabiiy zaxiralar departamenti xodimi Brent Xauz öz hamkasblari bilan voqea joyiga çiqib, suratlarning haqiqiyligini tasdiqlaşgan. Biologning aytişiça, u bunçalik katta ölçamdagi timsohni birinçi marta körişi. Uning ta'kidlaşiça, timsoh bunday katta ölçamlarga yetiş uçun odamlarning köziga körinmasligi kerak bölgan.  

Timsohni zovurdan çiqariş uçun oğir texnika va ança vaqt talab qilingan. U közdan keçirilganda yaralangani, uning badanida bir neçta, jumladan öqotar jarohat borligi aniqlangan.

Foto: cbsnews

Mutaxassislar timsohning yoşini 50 lar atrofida baholaşgan. Timsohni olgan jarohatlari sababli uxlatiş yöli bilan öldirişga töğri kelgan.