Pokiston mamlakatdagi 182ta diniy maktab ustidan nazorat örnatdi va yuzdan ortiq ekstremistlarni hibsga oldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Mamlakat IIVning bildirişiça, hukumat taqiqlangan harbiy guruhlar ustidan bosimni kuçaytirgan.
«Bugungi kunda 121 kişi dastlabki hibsda saqlanmoqda», — deyiladi vazirlik bayonotida. Bundan taşqari, hukumat bir neçta diniy maktablar va kasalxonalar faoliyatini nazorat qilmoqda.
Agentlikning yozişiça, noqonuniy guruhlarni ovlaş Islomobodga nisbatan xalqaro bosimning kuçayişi ortidan boşlangan. Bu 14 fevralda Jammu va Kaşmir ştatida hind harbiylariga qarşi hujum bilan boğliq. Öşanda terrorçi hujumi oqibatida 45 kişi halok bölgan, hujum uçun javobgarlikni «Jaişi Muhammad» guruhi a'zolari öz zimmalariga olgandi.
Bunga javoban Hindiston armiyasi terrorçilarning Pokiston hududida joylaşgan lageriga zarba berdi. Şundan söng Hindiston va Pokiston harbiy-havo kuçlari örtasida havo jangi bölib ötdi.
Oxirgi kunlarda Hindiston va Pokiston örtasida keskinlik yangi kuç bilan avj olmoqda.

















