2019 yilning 4 mart kuni Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Arif Alvi «Ayvani-Sadr» qasrida Özbekiston elçisi Furqat Sidiqovni qabul qildi.
TIV xabariga köra, Pokiston rahbari Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev boşçiligi ostida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hamda mamlakatdagi huquqiy va institutsional özgarişlarni yuqori baholagan.
Prezident Özbekiston rahbariyatining mintaqada yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaşga yönaltirilgan taşqi siyosiy taşabbuslarini, ayniqsa uning Afğonistonda barqaror tinçlikka erişiş borasidagi sa'y-harakatlarini Pokiston tomoni töliq qöllab-quvvatlaşini e'tirof etdi.
Pokiston, şuningdek, mamlakatning xavfsizlik xalqaro terrorizmga qarşi kuraşiş masalalari, mintaqaviy muştaraklikni rivojlantiriş, transport infratuzilmalari va energetik hamkorlikni kengaytiriş böyiça mavqeyiga şerik bölişini va ularni qöllab-quvvatlaşini ham tasdiqladi.
Pokiston yetakçisi mamlakatlar örtasidagi savdo aylanmasining dinamik ösayotganligini mamnuniyat bilan qayd etib, 2018 yilda Özbekiston özi rahbarlik qilayotgan davlatining Markaziy Osiyodagi yetakçi iqtisodiy şerigiga aylanganiga e'tiborni qaratdi. Özaro manfaatli va köp qirrali ikki tomonlama aloqalarni yanada çuqurlaştirişga tomonlarda qiziqiş borligi öz tasdiğini topdi.
Ikki mamlakat hududlari, ayniqsa buyuk Boburiylarning tarixiy me'rosi bir-biriga boğlab turuvçi Panjob provinsiyasi va Namangan viloyati örtasida hamkorlikni yölga qöyiş imkoniyatlariga alohida qiziqiş bildirildi.
«Boy tarixga ega Özbekiston buyuk islomiy mutafakkirlarning vatanidir. Şu sabab mening vatandoşlarim qalbida mamlakatingizga nisbatan özgaça hurmat va qiziqiş bor», - deya ta'kidlagan Pokiston prezidenti.
Bir vaqtning özida Islom hamkorlik taşkilotining (IHT) Fan va texnologiyalar böyiça qömitasiga raislik qilayotgan prezident Arif Alvi mazkur Qömitaning Özbekiston bilan faol va samarali hamkorlik qilişga, avvalo 2020 yilda Toşkent şahrida Fan va texnologiyalar böyiça Ikkinçi IHT sammitini ötkaziş doirasida birgalikda işlaşga tayyor ekanligini tasdiqladi.
Uçraşuv yakunida Pokiston prezidenti Özbekiston prezidentiga özining samimiy hurmatini yetkazib qöyişni söradi va mamlakat rahbariga keng kölamli islohotlarni amalga oşirişida muvaffaqiyat tiladi, deyiladi xabarda.

















