2018 yilning avgustida sportçi Jamşid Kenjayevning tungi klubda öldirilişi bilan boğliq voqea yuzasidan sud jarayoni davom etmoqda.

Avvalgi sud majlisida raislik qiluvçi sud'ya iş hujjatlariga qöşilgan videoyozuvlar körib çiqilişi haqida aytib ötgandi. 6 mart kuni Toşkent şahar sudida sud majlisiga yiğilganlarga uşbu videoyozuvlar namoyiş etildi.

Avvalgi majlislarda guvoh sifatida çaqirtirilgan «Chinatown» restorani menejyeri Yekaterina Mixayeva va ofitsiant Roman Ernazarov körsatma bergandi. Menejyerning sözlariga köra, Jamşid Kenjayev va uning örtoqlari örtasida janjal kelib çiqqaç huquq-tartibot organlariga qönğiroq qilmoqçi bölganida, uning telefonini tortib olişga urinişlar bölgani haqida aytgan edi.

Sud majlisida uşbu holat tasvirlangan video namoyiş qilindi.

Uning ortidan Jamşid Kenjayev öz döstlari bilan «Aurum-898» tungi klubiga kelgani va piçoqlaşuv voqeasi aks etgan videoning aniq tasvirlangan varianti körib çiqildi.

Tungi klubdagi voqea aks etgan videoda bir jihat e'tiborni tortadi. Videoyozuvning özida belgilangan vaqt böyiça, voqea sodir bölganidan boşlab taxminan 26-27 daqiqa ötgaç tez tibbiy yordam xizmati yetib kelgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari esa taxminan 10 daqiqa içida kelişgan.

Quyida mazkur videolar keltiriladi. Ayollar, voyaga yetmagan, keksa yoşlilar va asabi böşlarga uşbu videolarni köriş tavsiya etilmaydi.

Video: Mover (tas-ix)