Samarqand xalqaro aeroportida noqonuniy yöllar bilan kuzatuv kamerali va kamerasiz uçuvçisiz uçiş apparatlarini Özbekistonga olib kirişga bölgan uriniş töxtatildi.
«Istanbul-Samarqand» yönalişida Samarqand xalqaro aeroportiga uçib kelgan şaxs «yaşil yölak»dan harakatlanayotganda bojxonaçilar uni belgilangan tartibda xolislar iştirokida nazoratdan ötkazişdi. Natijada unga tegişli bölgan yuk sumkasida xorijda işlab çiqarilgan uçuvçisiz uçiş apparati yaşirilgani foş etildi. Uşbu şaxs şu tariqa özining qinğir rejasini amalga oşirişga uringan ekan», deyiladi Bojxona qömitasi matbuot xizmati xabarida.
Şuningdek, aynan şu yönalişda parvozni yakunlab, yaşil yölakdan harakatlanyotgan yana bir fuqaroning sumkasi nazoratdan ötkazilganda xuddi şunday rusumli uçuvçisiz uçiş apparatini yaşirin ravişda olib kirmoqçi bölgani aniqlangan.
Hozirda uşbu holatlar yuzasidan tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi «Özbekiston Respublikasining havo böşliğida uçuvçisiz uçiş qurilmalaridan sanksiyasiz foydalanişda ogohlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 322-sonli qaroriga muvofiq, Özbekiston hududida uçuvçisiz uçiş qurilmalaridan noqonuniy foydalaniş taqiqlangan.
Biroz avvalroq, Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisida Özbekistonda dronlardan noqonuniy foydalanganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilangandi.

















