Jahon | 17:57 / 11.03.2019
3281
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziya Efiopiyadagi halokatdan so‘ng Boeing 737MAX 8 samolyotlari parvozini vaqtinchalik to‘xtatdi

Foto: REUTERS / Maheder Haileselassie

Indoneziya Efiopiyadagi halokatdan so‘ng tekshiruv o‘tkazish uchun Boeing 737MAX 8 samolyotlari parvozini vaqtinchalik to‘xtatdi, deb xabar berdi Blumberg agentligi.

Agentlikning bildirishicha, Boeing 737MAX 8 samolyotlari parvoziga vaqtinchalik taqiq seshanba, 12 martdan boshlanadi.

Mamlakat fuqaro aviatsiyasi bosh direktori Polana Pramesti Indoneziya samolyotlarda tekshiruv o‘tkazishini va ular tekshirilib, sertifikatlanganidan keyingina foydalanishga qaytarilishini ma'lum qildi.

Vazirlikning xabar berishicha, parvozi to‘xtatilgan 11 samolyotdan 10tasi Lion Air, bittasi Garuda Indonesia aviakompaniyasiga qarashli.

Yakshanba kuni Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Addis-Abebadan Nayrobiga parvozni bajarish vaqtida Boeing 737 samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortidagi 157 kishi, jumladan ekipajning 8 a'zosi halok bo‘ldi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid