Saudiya Arabistonida mamlakatdagi birinçi konservatoriyani quriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Saudiya Arabistonining köngiloçarliklar boş boşqarmasi direktori Turki Al aş-Şayx ma'lum qildi.     

“Men fuqarolarga antiqa sovğa haqida e'lon qilmoqçiman. Madaniyat böyiça kengaş yaqin orada konservatoriya quriş va uni oçişga ruxsat beriş imkoniyatini örganmoqda”, deb aytgan aş-Şayx Al Arabiya telekanali efirida. Biroq u loyiha muddatlari va qiymati haqida heç narsa ma'lum qilmagan.

Şundan keyin ijtimoiy tarmoqlarda islohotlar va eskilik tarafdorlari örtasida bahs yuzaga kelgan. Ulardan birinçilari, asosan yoşlar bu taşabbusning vaqti kelgani va u qirollikni rivojlantirişda oldinga bir qadam bölişini aytişgan. Ularga qarşi çiqayotganlar, ya'ni katta yoşlilar musiqiy ta'limning qöllab-quvvatlanişi islom me'yorlarini buzadi, deb ta'kidlaşmoqda. Ularning fikriça, konservatoriya örniga Qur'onni örganiş böyiça köproq maktablar va kurslar oçiş lozim.

Musiqiy ta'lim hanuzgaça qirollikning aksariyat maktablari va oliy ta'lim muassasalarining majburiy ta'lim dasturiga kiritilmagan. 

Yaqin vaqtlargaça Saudiya Arabistonida musiqa, birinçi navbatda ommaviy çiqişlar davlat darajasida taqiqlangan bölgan. Biroq “Kelajakka boqiş-2030” rejasi qabul qilinişi bilan vaziyat tubdan özgarib, mamlakatda doimiy asosda musiqiy konsertlar va festivallar ötkazila boşlangan. Şuningdek, birinçi opera quriş rejalaştirilgan. Joriy yilning özida qirollikning turli maydonçalarida Merayya Keri, Andrea Boçelli va Yanni kabi jahon musiqa yulduzlari konsertlar berişgan.

Joriy yilda Taif va Ar-Riyod viloyatlarida davlat universitetlari qoşida musiqa asboblarini çaliş, vokal sinflar, sahna mahorati böyiça kurslar oçilgan.