Sönggi vaqtlarda turli ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda aholi örtasida meningit kasalligi keng tarqalganligi haqida xabarlar paydo bölmoqda. Uşbu holat böyiça Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan joylardagi vaziyat yuzasidan örganiş işlari olib borildi, deb xabar bermoqda vazirlik Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.
Aniqlanişiça, 21 yoşli fuqaro meningit xastaligidan vafot etgan. Sababi esa tibbiy yordamga keç murojaat etganligi bilan boğliq. Bu kasallik mavsumiy bölib, respublikada uçrab turadi va har yili 5 tadan 10 tagaça qayd etilişi mumkin. Joriy yilning ötgan davrida hammasi bölib, 17 nafar fuqaro uşbu kasallikda gumon qilingan. Ularning 6 nafarida laboratoriya tekşiruvi orqali kasallik tasdiqlangan. Ayni paytda ötkir respirator kasalliklar ya'ni, faringit, nazofaringit kabi xastaliklarga çalingan fuqarolar orasida kasallikni erta aniqlaş böyiça tibbiyot xodimlarining huşyorligi oşirilgan. Olib borilgan sa'y-harakatlar tufayli uşbu holat Soğliqni saqlaş vazirligining töliq nazorati ostida. Eng muhimi, meningit aholi örtasida keng tarqalmagan, epidemik vaziyat barqaror. Aslida uşbu xastalikning erta bahor mavsumida uçrab turişi tabiiy jarayon bölib, şu kunlarda aksariyat Yevropa va bizga qöşni bölgan davlatlarda bir neça yuzlab odamlarda uşbu kasallik qayd etilmoqda.
– Ma'lumki, köpgina kasalliklar qiş fasli tugab, bahor mavsumi kirib kelişi bilan avj oladi. Şu bois Soğliqni saqlaş vazirligi kasalliklarning mavsumiy kötariliş davri ekanligini hisobga olgan holda, aholidan öz soğliğiga e'tiborli bölişlarini, meningit va şu kabi kasalliklar belgilari, ya'ni, tana haroratining kötarilişi, kuçli boş oğriği, qayt qiliş, tomoqda açişiş singari klinik belgilar kuzatilgan holatlarda darhol tibbiyot xodimlariga murojaat etişlarini sörab qoladi, – deydi vazirlik boş epidemiologi, Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekşiriş instituti direktori Nurmat Atabekov. – Şu örinda alohida ta'kidlaş joizki, meningit xavfli kasallik emas. Agar u ilk bosqiçlarda aniqlansa, uşbu xastalikdan oson foriğ bölinadi. Şuning uçun aholining bundan xavotirga tuşişiga hojat yöq.
Meningit xastaligi kuzatilganda, birinçi navbatda, qanday çoralarni körişi kerak?
– Meningitning klinik belgilari kuzatilganda, avvalo, tezkorlik bilan şifokorga murojaat qilişi zarur. Aslo öziça davolanişga harakat qilmasligi, ötib ketar deya befarq bölmasligi lozim, – deydi Soğliqni saqlaş boş infeksionisti, Respublika virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti direktori Erkin Musaboyev. – Şifokor profilaktika maqsadida tavsiya etgan antibakterial dori vositalarini belgilangan miqdorda va öz vaqtida iste'mol qilişga qat'iy rioya etişi talab qilinadi. Imkon qadar statsionar şaroitda davolaniş tavsiya etiladi. Yoki bölmasa, bemorni şifokor tavsiyasi bilan alohida xonaga ötkaziş, işga, maktabga, umuman olganda, jamoat joylariga bormasligi, jamoat transportidan foydalanmasligi kerak. Bu çoralar kasallikning soğlom odamga yuqişining oldini olişda juda muhim. Çunki, meningit bir odamdan boşqa odamga yuqqani sari kuçayib boradi. Şu bois imkon qadar yuqiş ehtimoli bölgan har bir holatning oldini olişga harakat qilişimiz talab etiladi. Yana bir muhim jihat, yaşaş joylarning havosini muntazam almaştiriş, xonani tez-tez artib-tozalaş meningit kasalligining oldini olişda juda muhim örin tutadi.

















