AQŞ Adliya vazirligi xabariga köra, Qöşma Ştatlar Mudofaa vazirligi razvedka boşqarmasi sobiq xodimi 58 yoşli Ron Xansen Xitoy tomoni uçun josuslik qilganini tan olgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, Xansen 2018 yil iyun oyida qölga olingan, Xitoy bilan esa 2014 yildan hamkorlik qila boşlagan.
«Xitoy razvedkasi agentlari bilan öz munosabatlari davomida Xansen özi taqdim etgan ma'lumotlar uçun tovon puli sifatida yuz minglab dollar olgan. Xansen ularga turli axborotlar, şu jumladan, tegişli sohalarga aloqador konferensiyalarda töplangan ma'lumotlarni taqdim etib kelgan», - deyiladi vazirlik bayonotida.
Aniqlik kiritilişiça, u nafaqat Xitoy tomoni uçun maxfiy ma'lumot töplaşga urinişda, balki naqd pullar kontrabandasi, şuningdek, Amerika hududiga tovarlarni noqonuniy olib kirişda ayblanmoqda. Xansen faqat bir band böyiça öz aybini tan olgan.
Bundan oldin, Belgiya harbiy kontrrazvedkasi rahbari Rossiya foydasiga josuslik qilişda ayblanayotgani xabar qilingandi.

















