Qozoğiston Markaziy Osiyo davlatlariga kosmik sohada hamkorlikni yölga qöyiş taklifi bilan çiqdi, deb yozmoqda Spot.
Toşkentda bölib ötgan Markaziy Osiyo birinçi iqtisodiy forumida sözga çiqqan Qozoğiston boş vaziri örinbosari Jyenis Kasimbek har bir mamlakatga bittadan sun'iy yöldoş tegişli böladigan, Yerni masofadan turib zondlaş beşta sun'iy yöldoşdan iborat guruh taşkil etişni taklif qildi.
«Bu sifatli axborot oliş imkoniyatini beradi, Yer yuzasini tezkorlik bilan suratga oliş samaradorligini oşiradi. Şuningdek, bu har bir mamlakatga iqtisodiyot sohalari, masalan, qişloq xöjaligini rivojlantirişga monitoringlarni tatbiq etişda yordam beradi», - dedi Jyenis Kasimbek.
Bundan taşqari, uning ta'kidlaşiça, Qozoğiston mintaqadagi barça mamlakatlarga uşbu takliflarni tahlil qiliş va örganiş uçun işçi guruhlarni jönatişga tayyor.
Ötgan yilning kuzida Qozoğiston qöşma sun'iy yöldoşni yaratiş böyiça Özbekistonga taklif bergandi. Öşanda sun'iy yöldoş mintaqadagi boşqa mamlakatlarga ham xizmat körsatişi mumkinligi qayd etilgan.
Bundan oldin, Qozoğiston Özbekistonga taklif bilan çiqqandi.













