Malayziyada rasmiylar migrantni nobud qilgan odamxör timsohni topiş va tutişning uddasidan çiqişdi. Bu haqda Kemifilani axborot portali xabar bermoqda.

Politsiya 10 martdan buyon izsiz ğoyib bölgan indoneziyalik işçi Yosep Tesuni qidiriş işlarini olib borgandi. Hamkasbi Tesu tuşlikdan keyingi dam oliş uçun daryo qirğoğiga borib, qaytib kelmaganidan keyin u yöqolgani haqida ma'lum qildi. Qidiruv amaliyotida politsiyaçilar, atrofdagi qişloqlar aholisi, öt öçiruvçilar, örmonçilar va yöqolgan şaxsning hamkasblari qatnaşdi.

Bir neça kun davom etgan samarasiz qidiruvlardan söng, politsiya yordam sörab şomonga murojaat qildi. U oxirgi marta Tesuni körişgan joydan beş kilometr narida, daryo böyida timsohga tuzoq qöydi.

Sudralib yuruvçi 17 mart kuni tutilgan. Politsiya timsohni öldirib, uni yorib kördi va oşqozonida maydalab taşlangan inson suyaklari hamda yirtiq kiyimlarni topdi. Taxminlarga köra, bu qoldiqlar Tesuga tegişli. Şundan keyin rasmiylar qidiruvni töxtatdi.