Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan Eldor Tohiroviç Aripov Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori lavozimiga tayinlandi. 

Institut saytida berilgan xabarga köra, institut direktorining birinçi örinbosari sifatida, avval Taşqi işlar vazirligi qoşidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining öquv işlari böyiça prorektori vazifasida işlagan, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining a'zosi Mir-Akbar Hojiakbaroviç Rahmonqulov tayinlandi.

Şuningdek, institut direktorining örinbosarlari sifatida Şafoat Fayzullayevna Nurullayeva hamda Sanjar Alimxonoviç Valiyevlar ham tayinlandilar. 

Institut direktorining maslaxatçisi etib Farhodbek Şuhratbekoviç Zufarov tasdiqlandi.

Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) – davlat ilmiy-tadqiqot muassasadir. Institut 1992 yil Özbekiston Respublikasi prezidenti farmoniga asosan taşkil etilgan. 

Institut axborot-tahliliy va ilmiy-tadqiqot faoliyatining asosiy yönalişlari quyidagilar:

Özbekistonning içki xavfsizligi va barqaror taraqqiyotini ta'minlaşning dolzarb masalalari;

Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik masalalari, mintaqa mamlakatlari bilan köp qirrali hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari;

xalqaro xavfsizlik va global rivojlanişning joriy tendensiyalari, Özbekiston Respublikasining jahon mamlakatlari, xalqaro taşkilotlar va moliya institutlari bilan hamkorlikni istiqbollari.