Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston poytaxtida shahar nomini o‘zgartirish tarafdorlari va unga qarshilar mushtlashishdi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Qozog‘iston poytaxtida Ostona shahri nomini Nursulton deb o‘zgartirish tarafdorlari va unga qarshilar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi.
Voqea Navro‘z bayrami tantanalari nishonlanadigan maydonda yuz bergan. Politsiya mushtlashayotganlarni tarqatib yuborgan va 20ga yaqin kishini qo‘lga olgan, deb xabar beradi RIA Novosti.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlar orqali poytaxt nomini o‘zgartirishga qarshi bo‘lganlar meriya binosi yonida miting o‘tkazishga chaqirilgandi. Shuningdek internetda shahar nomini xalq bilan muhokama qilmasdan o‘zgartirishga qarshi petitsiya ham paydo bo‘lgan. Uni 32 mingdan ortiq kishi imzolagan.
20 mart kuni Qozog‘istonning yangi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev respublika poytaxti Ostona nomini mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev sharafiga Nursulton deb o‘zgartirishni taklif qilgan va deputatlar bu taklifni qo‘llab-quvvatlagandi.
Mavzuga oid
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
15:24 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi
19:12 / 05.03.2026
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik sammiti bo‘lib o‘tadi
00:04 / 15.02.2026