Hindistonda qutqaruvçilar 62 soat davomida qulab tuşgan bino vayronalari ostida qolib ketgan erkakni qutqarişdi, deb xabar berdi NDTV telekanali.

Bino 21 mart kuni Karnataka ştatidagi Dxarvad şahrida qulab tuşgandi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, 15 kişi halok bölgan.  

Telekanalning aniqlik kiritişiça, ayni paytga qadar 64 kişi qutqarib olingan, yana olti kişi vayronalar ostida qolmoqda. 

Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Qutqaruv operatsiyasida ofatlar vaqtida harakatlaniş kuçlari, yonğin xavfsizligi hamda tez yordam brigadalari iştirok etmoqda.

Ma'lum qilinişiça, bino egasiga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.