Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq ta'limi vazirligi: vazirlik darsliklarda kamchiliklar borligini hech qachon yashirmagan
Foto: Depositphotos
Xalq ta'limi vazirligi «Adolat» gazetasining 2019 yil, 15 mart, 11-sonida chop etilgan «Jurnalist yolg‘on gapirdi…(mi)?» maqolasi yuzasidan izoh bilan chiqdi.
“Xalq ta'limi vazirligi darsliklarda kamchiliklar borligini hech qachon yashirmagan va ularni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda. Joriy yilning 13 mart kuni keng jamoatchilikni ushbu jarayonga jalb etish maqsadida “Darsliklarni birgalikda takomillashtiraylik” mavzusida tanlov e'lon qilindi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, muallif o‘z maqolasida 7-sinflar uchun mo‘ljallangan “O‘zbekiston tarixi” va “Istoriya Uzbekistana” darsliklarida Abu Nasr Forobiy tug‘ilgan va vafot etgan yillarida xatoliklarni ko‘rsatgan.
Shu bilan birga, muallif “O‘zbekiston tarixi” kitobining 2017 yilda chiqqan nashri va “Istoriya Uzbekistana” darsligining 2013 yilda chop etilgan, hozirda amalda foydalanilmaydigan nashrlarini solishtirgan.
Ijara asosida foydalaniladigan darsliklarining davriyligiga ko‘ra, darsliklar har 4 yilda qayta nashr etiladi. 2013 yilda chop etilgan “Istoriya Uzbekistana” 2017 yilda qayta chop etilgan hamda bu xatolik to‘g‘rilangan.
Hozirda Vazirlikning eduportal.uz portalida 7-sinf uchun “Istoriya Uzbekistana” darsligining elektron shakli 2017 yilgi nashri bo‘lib, yangilangan holda chop etilgan, deyiladi vazirlik izohida.
Bundan oldin, Xalq ta'limi vazirligi Sarvar Otamurodovning tanqidiga javob qaytargandi.
Mavzuga oid
23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti
15:16 / 12.12.2024
2025 yilda darsliklar ijarasi uchun to‘lov olinmaydi
18:42 / 30.10.2024
Maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lov tiklanishi mumkin
14:50 / 23.10.2024