Islomobod şahrida Özbekistonning Pokistondagi elçisi Furqat Sidiqov «Global Ambassador’s Award – 2019» mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi. 

Ta'kidlanişiça, mukofot elçining Pokiston-Özbekiston munosabatlarini sezilarli ravişda faollaştirgani, birinçi navbatda ikki tomonlama savdoni 170%ga oşirgani uçun taqdim etildi. Şuningdek, Pokiston uçun yangi turistik yönaliş – Özbekistonga «Ziyorat turizm»ning ommalaştirilişi alohida qayd etildi.

Tadbir «Diplomatic Insight Group» naşri, «Pokiston tinçlik va diplomati instituti» va «Pokiston-ŞHT döstlik forumi» tomonidan taşkil etildi.