11 aprel kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uyda Janubiy Koreya rahbari Mun Çje Inni qabul qiladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, yetakçilar KXDR muammosini muhokama qiliş niyatida.

Şuningdek, har ikki prezident özaro munosabatlar, savdo, siyosat, harbiy sohadagi hamkorlik va boşqa mavzular yuzasidan fikr almaşişi rejalaştirilgan.

Bundan oldin, KXDR Janubiy Koreya bilan koreyalararo aloqa ofisidan çiqib ketgandi.

Qayd etilişiça, bu Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje Inning davlatlar örtasidagi ziddiyatga yakun yasaş böyiça omadsiz urinişi, şuningdek, AQŞ va KXDR yetakçilari Donald Tramp hamda Kim Çen Inning muvaffaqiyatsiz sammiti fonida yuz berdi.

Janubiy Koreya vazirligining ma'lumotlariga köra, Şimoliy Koreya uşbu qaror haqida 22 mart, juma kuni ertalab janubiy qöşnilar bilan uçraşuv paytida e'lon qilgan. KXDR vakillari bu qadamga «yuqoridan körsatma», deya izoh berişgan.

Şuningdek, sobiq razvedkaçi KXDR yetakçisining rejalari haqida ma'lum qildi.