Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi tizimida davlat xizmatlari körsatişning milliy tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan öquvçilarni sinfdan sinfga va bir umumiy örta ta'lim muassasasidan boşqasiga ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanişi mumkin.

Maktab öquvçilarini sinfdan sinfga va bir maktabdan boşqasiga ötkaziş masalalari umumiy örta ta'limning majburiyligi hamda Özbekiston Respublikasida istiqomat qiluvçi şaxslarning ta'lim oliş tilini erkin tanlaş huquqini inobatga olgan holda amalga oşiriladi.

Öquvçilarni sinfdan sinfga va bir maktabdan boşqasiga ötkaziş bepul amalga oşiriladi.

Öquvçini sinfdan sinfga ötkaziş

Öquvçining ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar öz xohişiga köra öquv yili davomida yoki u tugaganidan söng farzandini sinfdan sinfga ötkaziş huquqiga ega.

Ota-onalar farzandini sinfdan sinfga ötkaziş uçun uning sabablarini körsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Maktab direktori arizani qabul qilib olgan kundan boşlab bir iş kuni içida körib çiqadi va öquvçini sinfdan sinfga ötkaziş töğrisida buyruq qabul qiladi.

Sinfdagi öquvçilar soni belgilangan me'yordan ortiq bölgan taqdirda, maktab direktori öquvçini sinfdan sinfga ötkazişni rad qilişi mumkin.

Sinfdan sinfga ötkaziş rad etilganligi haqida maktab direktori tomonidan uç kun içida ota-onalarga yozma ravişda ma'lum qilinadi.

Maktab direktorining öquvçini sinfdan sinfga ötkaziş töğrisidagi buyruği qabul qilingaç, uç kun içida sinf jurnali va öquvçilar harakati daftariga tegişli yozuv kiritiladi.

Öquvçini bir maktabdan boşqasiga ötkaziş

Ota-onalar öz xohişiga köra öquv yili davomida yoki u tugaganidan söng farzandini bir maktabdan boşqasiga ötkaziş huquqiga ega.

Ota-onalar farzandini bir maktabdan boşqasiga ötkaziş uçun uning sabablarini körsatgan holda öquvçi ta'lim olayotgan maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.