Xalq ta'limi vaziriligi va Jahon banki hamkorligida umumta'lim maktablarida dars sifatini baholaşning yangiça usuli joriy etiladi. Bu haqda Xalq ta'limi sohasida AKTni rivojlantiriş markazi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, What is teach? deb nomlanuvçi dastur maktablardagi dars sifatini bir neça mezonlar asosida tadqiq qilişga möljallangan.
Unga köra, mutaxassislar saralab olingan öqituvçilarni 5 kun mobaynida trening kurslari asosida kuzatuvçilikka tayyorlaydi. Kuzatuvçilar darsga aralaşmagan holda sinfxona muhiti, öqituvçining öquvçilar bilan işlaşi, uslubiy qöllanmalardan foydalaniş, ijtimoiy könikmalarni şakllantiriş mezonlariga köra darsni baholaşadi. Natijalar maxsus dasturga kiritiladi. Dastur jarayondagi kamçiliklarni avtomatik tarzda beligilab beradi. Şakllangan ma'lumotlar bazasi asosida Xalq ta'limi vazirligi sohadagi kamçiliklarni bartaraf etişi nazarda tutilgan.
«Uşbu dasturning asosiy maqsadini öqituvçilarni tekşiriş yoki darsni nazorat qiliş, deb tuşuniş kerak emas. Dastur dars ötiliş sifatini xolis kuzatiş va tegişli xulosalar asosida sifatni kötarişni közlaydi», — deydi mutaxassis Şaranya Vasudevan.
Mazkur loyiha dastlab poytaxtdagi pilot maktablarda amalga oşirilib, keyinçalik respublikaning barça hududlarida yölga qöyilişi rejalaştirilgan.

















