Sayyoramiz aholisi soni 2019 yilda 7,7 mlrd kişini taşkil qilmoqda, 2050 yil oxiriga kelib esa 9,7 mlrd kişiga yetadi. Bu haqda BMTning Nyu-Yorkdagi boş qarorgohida boşlangan Aholi va taraqqiyot komissiyasining 52-sessiyasida ma'lum qilindi.    

Xususan, dunyo aholisi soni joriy asr oxirida 11 mlrd kişigaça yetadi.

BMT boş kotibining birinçi örinbosari Amina Muhammadning ma'lum qilişiça, oxirgi 25 yilda öta noçor şaroitda yaşovçi odamlar soni ança qisqargan, onalar ölimi kölami 40 foizga pasaygan, odamlar umr körişi davomiyligi ança oşgan.

“1994 yildan 2019 yilgaça davrda 5 yoşgaça bölgan bolalar ölimi darajasi 54 foizga qisqargan. Dunyoda umr köriş davomiyligi 1994 yildagi 64,9 yoşdan 2019 yilda 72,3 yoşgaça oşgan va 2030 yilgaça yana ikki yilga uzayadi. Butun dunyoda aholi farovonligi darajasi ança ösgan”, deyilgan BMT hisobotida. 

Muhammadning ta'kidlaşiça, joriy demografik tendensiyalar – aholining jadal köpayişi va mobilligi, keksa yoşlilar uluşining oşişi va urbanizatsiya jiddiy ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarga olib kelmoqda, biroq şu bilan birga yangi imkoniyatlar oçmoqda.

Hisobotda ta'kidlanişiça, aholi soni ösişi va iqtisodiy ösiş işlab çiqariş va iste'mol kölamining oşişiga olib keldi, bu esa öz navbatida atrof-muhit uçun oğir oqibatlarga aylanmoqda.

Hisobotda aholi soni ösişi uning qarişi, tuğiş darajasi pasayişi hamda jadal urbanizatsiya bilan birga keçmoqda. Hozirda dunyoda örtaça tuğiş darajasi bir ayolga 2,5 bolani taşkil qilayotgan bölsa, 2030 yilda 2,4 bolani taşkil qiladi. 

65 yoş va undan katta odamlar uluşi umumiy aholi sonida oşib bormoqda. Hozirda Yevropada ularning uluşi umumiy aholi sonining 19 foizini, Şimoliy Amerikada esa 16 foizini taşkil qilmoqda va 2050 yilga kelib bu körsatkiçlar mos ravişda 28 va 23 foizgaça ösadi.  

Hisobotda ma'lum qilinişiça, dunyo aholisining 56 foizga yaqini şaharlarda yaşaydi. Kelajakda aholi ösişi şahar aholisi ösişi hisobiga yuz beradi. 2030 yilda şaharlar aholisi umumiy aholining 60 foizini, 2050 yilda 68 foizini taşkil qiladi. 

Özbekistonga kelsak, respublikamizning doimiy aholisi soni 2018 yil 1 oktabr holatiga 33085,2 ming kişini taşkil etgan.