Gastritga "yengil" kasallik sifatida qaralsa-da, uni davolaş ança qiyin. Bu kasallikka qarşi kuraş kompleks yondaşuv va köplab odatlarni qayta körib çiqişni talab etadi: taomni iste'mol qiliş çastotasidan tortib to turmuş tarzigaça. Gastrit kasalligida nima qiliş mumkin emasligiga doir ma'lumotlar zdorovieinfo.ru saytida taqdim etildi.

Asabiylaşiş
Har qanday stress holati soğliq uçun zarar. Inson doim tuşkun kayfiyatda yurib, depressiyani yenga olmasa, organizm kasallikka qarşilik qila olmay, unda retsidiv va salbiy asoratlar kuzatiladi. Gastroenterologiyada hatto alohida taşxis bor - asabiylik natijasida yuzaga keluvçi gastrit. Inson öz his-tuyğularini barqaror saqlaşi muhim: işlaş sur'atini kamaytiriş, dam oliş, köngil yozişni örganiş va salbiy ta'sirdan himoyalaniş. Agar bularning uddasidan çiqa olmayotgan bölsangiz, gastritdan davolaniş jarayonida psixoterapevt bilan ham maslahatlaşing.
Çekiş
Bu odatdan nafaqat öpka, balki butun organizm jabrlanadi. Şu jumladan, oşqozon-içak trakti ham: çekiş davomida oşqozonga tuşuvçi zararli moddalar uning şilliq qavatiga ziyon yetkazadi va bu kasallikning kuçayişiga olib keladi. Şuningdek, nikotin tuz kislotasi sekretsiyasini kuçaytiradi va u xasta organning şilliq qavatiga zarar yetkazadi. Oxir-oqibat, gastrit oşqozon yarasiga aylanişi mumkin.
Spirtli içimliklar iste'moli
Kasallikka qarşi kuraşişning asosiy şartlaridan biri - töliq soğayiş uçun alkogol içimliklarni umuman iste'mol qilmaslik. Spirtli içimliklar oşqozon devorlariga ziyon yetkazadi va patalogiyani çuqurlaştiradi, uning boşqa organlarga zarari haqida-ku gapirmasa ham böladi. Şunday ekan, alkogoldan voz keçiş faqat foyda keltiradi.
Dori vositalarini öylamay qabul qiliş
Gastritni mustaqil tarzda davolab bölmaydi. Biroq sizda tibbiy davolaşni talab qiluvçi boşqa kasalliklar ham bölsa, dori vositalarini qabul qilişdan oldin gastroenterolog bilan maslahatlaşing. Bu hatto oşqozon bilan boğliq bölmasa ham. Zero hatto oddiy aspirin ham oşqozon yalliğlanişini sezilarli darajada kuçaytirişi mumkin.
Sportning ba'zi turlari bilan şuğullaniş
















