Toşkentda «Haj va Umra ziyoratini samarali taşkil etiş» mavzusida brifing taşkil etildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Tadbirda qayd etilişiça, oldingi yillarda bir yilda 10 000 nafar ziyoratçi Umra safariga borgan bölsa, hozirda faqatgina bir oyda 7000 nafar fuqaro muborak ziyoratni ado etmoqda.
Ma'lum qilinişiça, ötgan yilning 28 oktabr kunidan joriy yilning 4 aprel kuniga qadar 15 ming fuqaro Umra ziyoratini ado etdi. Ramazon oyigaça bu körsatkiç 30 mingga yetişi rejalaştirilgan.
Şuningdek, tadbirda «Umra» tadbirining xususiy şirkatlar tomonidan taşkil etilişi haqida savol berilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din işlari böyiça qömita raisining örinbosari Nuriymon Abulhasan sözlariga köra, ularga öz vaqtida imkoniyat berilgan. Biroq, öşa paytda safarga turli şaxslar jönatilib, Özbekistonning obrösiga ta'sir qiladigan vaziyatlar yuzaga kelgan.
Bundan taşqari, Ramazon oyidan söng bu boradagi narxlarni pasaytiriş ham möljallanmoqda. Hozirda tegişli çora-tadbirlar işlab çiqilayotgani aytildi.
Eslatib ötamiz, mart oyi boşlarida Vazirlar Mahkamasining «Haj» va «Umra» tadbirlari böyiça farmoyişi qabul qilingandi.
Hujjat bilan «Haj» va «Umra» ziyoratlarini yuqori saviyada va tizimli taşkil etiş xamda uşbu yönalişda bozor mexanizmlarini joriy etiş çora-tadbirlari tasdiqlangan. Unga köra, «Umra» tadbirining turistik firmalar tomonidan taşkil etilişini yölga qöyiş böyiça takliflar işlab çiqilişi kerak edi.

















