Joriy yilning 6 aprel kuni fuqarolar yiğinlari raislari sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati.

Uni Fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş va ötkazişga kömaklaşuvçi respublika komissiyasi raisi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Niğmatilla Yöldoşev olib bordi.

Yiğilişda Senat Kengaşi tomonidan tuzilgan Respublika komissiyasi sa'y-harakati bilan qator ijobiy işlar amalga oşirilganiga qaramasdan, ayrim mutasaddilarning sustkaşligi, mas'uliyatsizligi Özbekiston fuqarolari uçun muhim hisoblangan tadbirga tayyorgarlik körişda kamçiliklar mavjudligiga sabab bölayotganligi qayd etildi.

Foto: senat.uz

Xususan, deyarli barça hududlarda saylov bevosita ötkaziladigan manzil va obektlar röyxatini şakllantiriş işlari sustkaşlik bilan olib borilmoqda. Saylovni taşkil etiş va ötkazişga mas'ul bölgan viloyat va tuman, şahar darajasidagi komissiyalarning e'tiborsizligi oqibatida aksariyat işçi guruhlar rahbarligiga saylov qonunçiligidan, bu tadbirning mohiyatidan deyarli bexabar şaxslar tayinlanganligi aytib ötildi.

Bundan taşqari, ba'zi viloyat va tuman, şaharlarda şu paytga qadar tegişli komissiyalarning mas'ul kotiblari ham tayinlanmagan. Bu masalaga Samarqand, Sirdaryo, Qaşqadaryo viloyatlari va Toşkent şahrida hamda Töraqörğon, Kosonsoy, Amudaryo, Kegeyli, Beruniy, Nurobod, Urgut, Paxtaçi tumanlari va Samarqand şahrida mutlaqo e'tibor   qaratilmagan.

Ayrim hududiy komissiyalar yangi tahrirdagi Fuqarolar yiğini raisi saylovi töğrisidagi qonunning mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazişda mas'uliyatsizlikka yöl qöygan. Xususan, bunday holatlar Toşkent şahri, Toşkent, Farğona, Surxondaryo viloyatlarida kuzatilmoqda.

Fuqarolar yiğinlari raislari saylovini ötkazişga tayyorgarlik köriş jarayonini tanqid va tahlil qiliş ruhida ötgan tadbirda har bir komissiya a'zosiga joylarda aniqlangan muammolarni bartaraf etiş uçun zudlik bilan zarur çoralar köriş hamda amalga oşirilgan işlar natijalari haqida Respublika komissiyasini joriy yil 15 aprelga qadar xabardor qiliş topşiriği berildi.