Özbekistonda yuridik şaxslarning taşkiliy-huquqiy şakllari optimallaştiriladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Özbekiston Respublikasining fuqarolik qonunçiligini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoyişda aytilgan.
Hujjatda qayd etilişiça, ötkazilgan tahlil Fuqarolik kodeksining amaldagi tahriri mamlakatda tez rivojlanayotgan iqtisodiy munosabatlar talablariga va fuqarolik huquqi sohasidagi xalqaro standartlarga yetarli darajada javob bera olmasligini körsatmoqda.
Xususan, Fuqarolik kodeksida eskirgan huquqiy institutlar, şuningdek bozor iqtisodiyotiga asoslangan rivojlangan davlatlar huquqiy tizimida mavjud bölmagan yuridik şaxslarning taşkiliy-huquqiy şakli saqlanib qolgan.
Şu bilan birga, “tijorat tavakkalçiligi”, “xöjalik yurituvçi sub'yektlar tengligi”, “adolatli kompensatsiya”, ”şartnomaviy majburiyatlarni bajarişdan boş tortiş” kabi an'anaviy fuqarolik-huquqiy institutlar mavjud emas.
Bundan taşqari, mamlakat bir-biriga öxşaş va boşqa taşkiliy-huquqiy şakllardagi qoidalar aralaşmasidan taşkil topgan yuridik şaxslar taşkiliy-huquqiy şakllari köp. Masalan, qonunçilikda xususiy korxona va unitar korxona tarkibiga boşqa iştirokçilarning kirişi nazarda tutilmaganligi, ularning investitsiya jalb qila olmasliklariga sabab böladi.
Şu sababdan, yuridik şaxslarning taşkiliy-huquqiy şakllari optimallaştiriladi, bir-biriga öxşaş, şuningdek bozor munosabatlarida ommalaşmagan taşkiliy-huquqiy şakllari tugatiladi.
Bundan oldin, yerga nisbatan xususiy mulkni himoya qiliş mexanizmlari joriy etilişi xabar qilingandi.













