Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmonning Toshkentga rejalashtirilgan tashrifi kechiktirildi
Imomali Rahmonning Toshkentga tashrifi kechiktirildi. O‘zbekiston poytaxtida 12 aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak edi, deb xabar qilmoqda Asia-Plus o‘z manbasiga tayangan holda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, uchrashuv prezidentlarning roziligi bilan boshqa muddatga ko‘chirilgan.
«Mintaqa yetakchilarining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi aniq sanasi hali ma'lum emas, u diplomatik kanallar orqali aniqlashtiriladi», - deya aytib o‘tgan manba.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvlarning bunday shakli o‘tgan yil mart oyida yetakchilarning Ostonadagi birinchi yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgandi.
O‘shanda Mirziyoyev hamkasblariga har yili Navro‘z arafasida uchrashishni taklif qildi va barchani 2019 yilda Toshkentga kelishga chaqirdi.
Tojikiston hukumatidagi manba so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlarida Navro‘z bayrami borgan sari katta miqyosda nishonlanayotgani va prezidentlar jadvali shu kunlarda juda qizg‘in bo‘lishi tufayli, mintaqa yetakchilari Navro‘zdan so‘ng uchrashishga qaror qilishdi.
Rejalashtirilayotgan uchrashuv kun tartibida - savdo, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish.
Bundan oldin, Rahmon va Putin 17 aprel kuni Moskvada uchrashishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026