Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Bolalar öyinçoqlarining xavfsizligi töğrisida umumiy texnik reglamentni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Bolalar öyinçoqlarining xavfsizligi töğrisidagi umumiy texnik reglamentiga köra, öyinçoq şunday loyihalanişi va tayyorlanişi kerakki, möljallangan vazifasi bajarilişida bolalarning va ularga qarab turuvçi şaxslarning soğliğiga va hayoti uçun xavf tuğdirmasligi, xavfning bölmasligini ta'minlanişi kerak:
öyinçoqning konstruksiyasi tufayli;
qöllanilgan materiali tufayli;
konstruksiyasi özgarganda uning bajaradigan vazifasi va asosiy tavsiflari, materialini almaştiriş bilan röy berişi mumkin bölgan öyinçoqlardan foydalanişda.
Öyinçoqlardan foydalanişda yuzaga keladigan xavf bolalarning yoşi bilan ajralib turişi kerak.
Öyinçoqlarni tayyorlaşda foydalaniladigan xomaşyo toza (iflos bölmagan), noinfiksion va amaldagi tartibga soliş sohasidagi normativ hujjat talablariga mos bölişi kerak.
Yoşi 3 yoşgaça bölgan bolalar uçun möljallangan öyinçoqlarni tayyorlaşda tabiiy möynadan, tabiiy çarmdan, oynadan, çinnidan, böyalgan kauçukdan, karton va qoğozdan, namlik muhitda ölçamlari 5%dan köproqqa oşadigan ovoz çiqaruvçi öyinçoqlar içini töldirişda ölçami 3 mm va undan kiçik bölgan granulalar bilan töldirişda foydalaniş mumkin emas.
Yoşi 3 yoşgaça bölgan bolalar uçun möljallangan öyinçoqlarda xavflilik darajasi 1 – sinfga mansub bölgan kimyoviy moddalarni qöllaşga ruxsat etilmaydi.
Öyinçoqlarda oldin boşqa maqsadlarda işlatilgan ikkilamçi xomaşyoni qayta işlab olingan materiallarni qöllaş ruxsat etilmaydi. Öyinçoqlarni işlab çiqarişda öz korxonasining çiqindilaridan foydalanişga ruxsat beriladi.
Öyinçoqlarning muhofaza-dekorativ yuzasi qoplamasi namli muhitga, sölaklar va terlar ta'siriga çidamli bölişi kerak.
Öyinçoqlarni konstruksiyalaş va tayyorlaşi şunday bölişi kerakki, ulardan bajaradigan vazifasiga köra foydalaniş vaqtida, bolalarning va ularga qarab turuvçi şaxslarning hayoti hamda salomatliklariga xavf tuğdirmasligi kerak.
Öyinçoqlar qismlarining biriktiriş körsatkiçlari. Öyinçoqlar qismlarining biriktiriş körsatkiçlarining gigiyenik xavfsizligi texnik reglamentda keltirilgan talablarga muvofiq bölişi kerak.

















