Vazirlar Mahkamasining “2015-2030 yillarda ofatlar xavfini kamaytiriş böyiça Senday hadli dasturi”ni Özbekiston Respublikasida amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar:
“2015-2030 yillarda ofatlar xavfini kamaytiriş böyiça Senday hadli dasturi” maqsadlariga Özbekiston Respublikasida erişiş strategiyasi;
“2015-2030 yillarda ofatlar xavfini kamaytiriş böyiça Senday hadli dasturi” maqsadlariga Özbekiston Respublikasida erişiş strategiyasini 2019-2030 yillar davrida amalga oşiriş böyiça milliy harakatlar rejasi tasdiqlandi.
Quyidagilar Strategiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
ofatlar xavfini kamaytiriş hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş samaradorligini oşiriş sohasida normativ-huquqiy va metodik bazani takomillaştiriş;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş uçun ilğor texnologiyalar va muhandislik-texnik vositalarni işlab çiqiş hamda joriy etiş;
favqulodda vaziyatlar monitoringini olib boriş va ularni ppognozlaştiriş tizimlarini yaratiş va rivojlantiriş;
boşqaruv, aloqa va xabar beriş tizimlarini taşkil etiş, rivojlantiriş va doimiy şay holatda saqlab turiş;
favqulodda vaziyatlardan zarar körgan aholining hayot faoliyatini ta'minlovçi tizimni yaratiş va rivojlantiriş;
aholini va rahbarlar tarkibiga kiradigan mutaxassislarni favqulodda vaziyatlarda harakatlanişga tayyorlaş tizimini takomillaştiriş.
Davlat boşqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlarining uşbu qaror bilan tasdiqlangan Strategiya va Harakatlar rejasi sözsiz va zarur tarzda amalga oşirilişi uçun şaxsan mas'ul ekanligi belgilandi.
Uşbu qaror bilan tasdiqlangan Strategiya va Harakatlar rejasi amalga oşirilişiga mas'ul ijro etuvçi organ etib Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi belgilandi.
Quyidagilar ofatlar xavfini kamaytirişning ustuvor yönalişlari hisoblanadi:
ofatlar töğrisidagi bilimlarni oşiriş;
ofatlar xavfini boşqarişning taşkiliy-huquqiy asoslarini takomillaştiriş;

















