Yodingizda bölsa, saytimizda “Bekatlar falsafasi” ruknini taşkil qilib, unda respublikamizning turli burçaklaridagi bekatlar suratlarini joylab çiqqandik. Loyihaning öziga xos jihati şunda ediki, har bir hududda joylaşgan bekat qiyofasi orqali öşa joydagi umumiy holat haqida tasavvur qiliş mumkin bölardi.
Loyihamiz uçun ma'lumot töplab yurganimizda öz şaxsini sir tutgan muştariylarimizdan biri yuzdan ortiq suratlarni tahririyatimizga taqdim qildi. Biz ulardan eng saralarini sizga ilindik. Ularda poytaxtimiz Toşkent şahridagi biri-biridan qiziq me'moriy yeçimga ega, asosiy vazifasidan ança çetlab ketgan “bekat”lar tasvirlangan.

Bekat jamoat transporti töxtaşi uçun. Ammo... avtomobil qimmatbaho bölsa, jamoat transporti ham kutib turişi mumkin (odob yuzasidan avtomobilning davlat raqamini yaşirdik, ammo işoning, raqam ham maşinaning özi kabi hayratda qoldirgudek).

Nomi bekat bölgan maskan. Odamlar transport kutişi lozim bölgan nuqtada savdo avjida. Bu hali kiçikroği, kattalari oldinda.

Hamma narsa bor, bekatdan taşqari...

Bekatda “Maselko”, “Maselko” içida “Maişiy xizmat”, “Maişiy xizmat” içida balki avtobus kutayotgan odamlar...

№ 2. Hamma narsa bor, bekatdan taşqari...

Va nihoyat bekat va avtobus uyğunligi. Ammo bu bekatga odamlar kira olişadimi, bunisi katta savol.


























