Bugun, 22 aprel kuni Tailandning Bangkok şahrida boks böyiça Osiyo çempionatida çorak final janglari ötkazilmoqda.
Kunduzgi dastur doirasida erkaklar örtasida -56 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzaxalilov tailandlik Çatçai Budte bilan jang qildi. Özbekiston vakili raqibini oçkolar hisobiga mağlubiyatga uçratib, musobaqaning yarim finali yöllanmasini qölga kiritdi.
Ayollar örtasida -57 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Yodgoroy Mirzayeva turnirdagi ikkinçi jangini tojikistonlik Mijgona Samadovaga qarşi ötkazdi va raqibini oçkolar hisobiga mağlubiyatga uçratib, yarim final masalasini hal qildi.

Bundan avvalroq, çorak finalda -49 kg vazn toifasi vakili Nodirjon Mirzaahmedov laoslik boksçi Xampxouvan Xamsatone ustidan ğalaba qozonib, yarim finalga çiqqandi.
Bu uç sportçi yarim final yöllanmasi orqali kamida bronza medallarini naqd qilişdi.
Bugun, şuningdek, yana beş nafar özbekistonlik boksçi ringga çiqadi.
Kunduzgi dastur:
-69 kg: Şaxnoza Yunusova – Makoto Kikuçi (Yaponiya)
-81 kg: E'zoza Meliyeva – Lina Vang (Xitoy)
Keçki dastur, 16:00 dan söng:
-52 kg: Hasanboy Dösmatov – Amit Pangal
-64 kg: Şunqor Abdurasulov – Muhammad Alkasbex (Iordaniya)
-81 kg: Dilşodbek Rözmatov – Bek Nurmaganbet (Qozoğiston)

















