Tailandning Bangkok şahrida boks böyiça Osiyo çempionatining çorak finali doirasidagi janglar davom ettirilmoqda.
Özbekiston jamoasining -91 kg vazn toifasidagi vakili Sanjar Tursunov qirğizistonlik Çingiz Borbaşevga qarşi ringga kötarilib, 3 raund davom etgan jangda ğalaba qozondi va turnirning yarim finali yöllanmasini qölga kiritdi.
Eslatib ötamiz, bungaça Özbekiston erkaklar jamoasidan Şukurjon Rahimov (-60 kg) turkmanistonlik raqibini yengib, yarimfinalga çiqqan, Isroil Madrimov (-75 kg) esa qozoğistonlik boksçiga mağlub bölgandi.
22 aprel kungi bahslarda esa özbekistonlik 4 nafar boksçi yarim final yöllanmasini qölga kiritgan, jamoaning yana 4 nafar vakili, jumladan Hasanboy Dösmatov ham mağlubiyatga uçrab, musobaqani erta yakunlagan edi.
Bugungi janglar doirasida Özbekistonning yana 3 nafar vakili ringga kötariladi.
Keçki dastur:
-69 kg: Bobo Usmon Baturov – Aslanbek Şimbergenov (Qozoğiston)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Xaipeng Mu (Xitoy)
-64 kg: Maftuna Meliyeva – Suçada Paniç (Tailand).

















