Hozirda tobora köpçilik ofisdagi iş faoliyatiga qaraganda uyda mehnat qilişni afzal körmoqda. Bu haqiqatan ham qulay. Dunyoning istalgan nuqtasida turib işlaş mumkin, iş joyiga yetib oliş uçun ham vaqt sarflamaysiz, dress-kod ham yöq. Biroq ijobiy jihatlaridan taşqari ahamiyatga ega salbiy tomonlari ham mavjud. Bugun ana şular haqida hikoya qilamiz.

Yolğizlik

Ofisda doimo insonlar qurşovidamiz. Istaymizmi yoki yöqmi, ular bilan muloqotga kirişamiz, döstlaşamiz, işdan keyin esa birgalikda qahvaxonaga boramiz. Bir xonada bir neça xodim işlaydigan kompaniyalar xodimlari uçun ofisning şovqinli muhiti yoqmaydi. Biroq uyda yolğiz işlaş ham vaqt ötişi bilan izolyatsiya hissini keltirib çiqaradi. Suhbat quriş işqibozlari – ekstravertlar uçun bu jihat ayniqsa muhim.

Aniq iş va şaxsiy vaqtning mavjud emasligi

Frilanserlarning asosiy muammosi – köpinça ortiqça işlaş. Miyangizda aniq taqsimlovçini örnatiş muşkul: soat 10 dan 18 gaça mana bu stol atrofida işlayman, undan keyin esa dam olaman va film tomoşa qilaman. Ba'zida iş yarim tungaça davom etadi. Bu ayniqsa turli vaqt hududlarida jamoa bölib işlaşga tegişli.

Çalğiş

Uyda öziga tortuvçi karavot, qarindoşlar bor. Uyda ham ortga surib bölmaydigan işlar çiqib turadi. Yoki qiziqarli video haqidagi xabarnoma keladi. Agar işga diqqatni qarata olmasangiz va şunday çalğituvçi omillarga moyil bölsangiz, u holda uyda işlaş siz uçun yaxşi usul emas.

Qarindoşlar

Avvalgi banddan kelib çiqadigan muammo. Qarindoşlaringiz sizni qay darajada yaxşi tuşunişmasin, vaqti kelib «uyda bölsangiz ham yordam bermaysiz» qabilidagi muammolar yuzaga keladi. Bu ayniqsa katta yoşdagi insonlar tegişli. Ularga uydagi stol va kompyuter tölaqonli ofis ekani, siz bekorçi emasligingiz, pul işlab topayotganingizni tuşuntiriş muşkul. Ofisdagi faoliyatga batamom barham berişdan avval yaxşilab öylab köring: qarindoşlaringiz tölaqonli iş faoliyatiga xalaqit qilişmaydimi?

 Agar uyda işlaydigan bölsangiz, qanday murakkabliklarga duç kelişingiz borasidagi fikrlaringiz bilan örtoqlaşasiz degan umiddamiz.