Hindistonning Karnataka ştatida timsoh mahalliy aholi vakillaridan biriga hujum qildi va uni öldirdi. Bu haqda The Hindu naşri xabar bermoqda.
28 aprel kuni 58 yoşli, Basavalingappa ismli çöpon Gudur qişloği yaqinidan oqib ötuvçi Bhima daryosidan suv içmoqçi bölgan. Xuddi şu paytda poylab turgan timsoh unga taşlangan va çöponning çap qöli hamda öng oyoğini uzib olgan. Basavalingappa köp qon yöqotişdan jon bergan.
Marhumning qişloqdoşlari ma'lum qilişiça, daryo deyarli butunlay qurib qolgan va timsohlar yegulik izlab qirğoqqa juda yaqin kelişmoqda, hatto quruqlikka ham çiqib ov qilişmoqda.
Mahalliy aholi örmon xöjaligi departamentidan zarur çoralar körişni va çöponning oilasiga kompensatsiya tölaşni talab qilişyapti.

















