2019 yil 18 may kuni Facebook ijtimoiy internet tarmoğida Oltinköl tumanidagi 41-umumta'lim maktabining 10-sinf öquvçilari G.J. va M.Yo.ning özaro janjallaşganligi aks etgan videolavha böyiça viloyat xalq ta'limi boşqarmasi tomonidan suriştiruv işlari ötkazilgan.
Örganiş natijalariga köra, G.J. sinfdoşi M.Yo.ni u haqida sinfdoşlari örtasida turli xil böhton gaplar tarqatganligi sababli sinf xonasida urgan.

G.J.ning otasi Rossiyada işlayotganligi, onasi esa Turkiya davlatidan kelganiga bir oy bölganligi sababli öquvçi nazoratsiz qolganligidan uşbu holat kelib çiqqan.

Hozirda öquvçi qizlar qilgan işlaridan puşaymon bölib, özaro yaraşib olganlar.

Yuqoridagi holatni kelib çiqişiga yöl qöyganligi uçun Oltinköl tuman xalq ta'limi bölimi ma'naviy işlar böyiça mudir örinbosari, tumandagi 41-umumta'lim maktabi direktori, direktor örinbosari hamda sinf rahbariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda intizomiy jazo çoralari körilgan.
















