Samarqand viloyati Past Darğom tumanidagi röy berayotgan navbatdagi zöravonliklardan biri — fuqaro Orif Qirğizov tomonidan auksionda xarid qilingan eski taşlandiq garaj binosi bilan boğliq maşmaşalardir. U 2018 yil 10 oktyabrda «Capiral Rieltor Group» MÇJning Samarqand filiali orqali «Şombuloq kuçi» MMTPdan uşbu obektni xarid qilgan va oldi-sotdi şartnomasi imzolangan.

Garaj binolari va jami 40 sotix yer maydoni uçun hujjatlar tayyorlangan. Biroq tuman hokimi Şunqor Xudoyberdiyev yer maydonini biriktirib beriş töğrisida qarorni imzolamasdan kelmoqda.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Biz bir muddat avval, 1 aprel kuni baliqçi fermerlar mojarosi bilan tumanga borganimizda Orif Qirğizovning rafiqasi Gulçehra Toşmonova özlari duç kelayotgan muammo uçini çiqargan, hokim hujjatga qöl qöyişini kutayotganini gapirib bergan edi.

Öşanda Gulçehra Toşmonova «Çortut» fermer xöjaligi raisi Hamza Hojimamatov uşbu garaj borasida ayrim rejalari borligini oçiqlaganini aytib ötgan edi.

Orif aka va Gulçehra opa mazkur hududda «Har bir oila tadbirkor» davlat dasturi doirasida çorvaçilik va parrandaçilikka ixtisoslaşgan oilaviy tadbirkorlikni yölga qöyişni maqsad qilgan. Bankdan 50 million söm kredit olişgan, yana özlarining mablağlarini sarflaşni niyat qilişgan.

Kunlar ötib, Qirğizovlar oilasi jiddiy muammoga duç kelişmoqda. Yerni biriktirib beriş uçun hujjat hamon tuman hokimi tomonidan imzolanmagan. Ular hududda tadbirkorlikni yölga qöyiş uçun quriliş işlari olib borişganda fermer Hamza Hojimamatov militsiya xodimlari bilan kelib tösqinlik qilgan.