Rossiyada ilk bor giyohvandlik moddalari savdosi uçun umrbod qamoq jazosi kuçga kirdi, deb ma'lum qildi Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk.
Gap xalqaro jinoiy guruhning bölimlaridan biri boşliği Şerali Tabarov haqida bormoqda. Uşbu guruh a'zolari Afğonistondan Tojikistonga, söngra Markaziy Osiyo davlatlari orqali Rossiyaga geroin olib ötiş bilan şuğullanişgan.
Tabarov 2017 yilda Moskva oblast sudi tomonidan bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingandi. Oliy sud uşbu hukmni özgarişsiz qoldirdi va hukm kuçga kirdi. Guruhning yana 14 nafar a'zosi olti yildan 23 yilgaça ozodlikdan mahrum etildi.
Tabarov va uning şeriklari 20ta öta oğir jinoyatni sodir etgan. Ulardan 696 kilodan ortiq geroin musodara qilingan.
2003 yilda Tabarov Penza sudi tomonidan ön yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Keyinroq u Tojikiston sörovi bilan vataniga ekstraditsiya qilingan.
Ozodlikka çiqqanidan söng u soxta pasport bilan Rossiyaga kelgan va Afğonistondan Tojikistonga geroin kontrabandasi olib ötuvçi jinoiy guruhning yetakçilaridan biriga aylangan.

















