Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning yöl harakati qoidabuzarliklari töğrisidagi ayrim moddalariga tuzatişlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
 
MJTKning 126-moddasi böyiça birinçi bor qoidabuzarlik sodir etilganda jarimalar 25 EKIHgaça va ma'muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda 40 EKIHgaça oşirildi. Ya'ni, tegişinça 25 va 20 baravar. Eslatib ötamiz, avtomobilning qoraytirilgan oynasi texnik reglamentga muvofiq bölmaganda yoxud haydovçida maxsus ruxsatnoma mavjud bölmaganda jarimalar qöllaniladi.
 
Svetoforning taqiqlovçi signalida yoki yöl harakatini tartibga soluvçining taqiqlovçi işorasida töxtaş çiziğini bosib kirganlik va «qizil»da ötganlik uçun alohida javobgarlik belgilandi. Eslatib ötamiz, yangi qoidalarga köra svetoforning yoki tartibga soluvçining taqiqlovçi işorasida töxtaganda transport vositasining eng oldingi nuqtasi töxtaş çiziği ustiga çiqib ketmasligi kerak. Qoidabuzarlik uçun ½ EKIH miqdorida jarima solinadi.
 
Öz navbatida YHQni buzganlik uçun jarimalarni tölaş muddati uzaytirildi. Endi u foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali qayd etilgan yoki qayd etilmaganidan qat'i nazar, qaror çiqarilgan kundan e'tiboran 60 kundan keçiktirmay, uning ustidan şikoyat berilgan hollarda esa – şikoyat (protest) qanoatlantirilmay qoldirilganligi töğrisida xabar berilgan kundan e'tiboran 30 kundan keçiktirmay jarimani tölaş mumkin. Ilgari uşbu muddatlar faqat kamera obektivlari ostiga tuşgan jarimalar böyiça qöllanilar edi, qolgan hollarda esa qoidabuzar 15 kunda uni tölaşi talab etilardi. 
 
Qonun 24.05.2019 yildan kuçga kirdi.