Kunning yoruğ vaqtida avtomotoransport vositalarining yaqinni yorituvçi çiroqlarni yoki kunduzgi signal çiroqlarni yoqib harakatlanişi natijasida oxirgi 1,5 oyda yöl-transport hodisalari 18,2 foizga kamaygan. Bu haqida Içki işlar vaziri örinbosari Akramxon Boboxonov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida yöl harakati qoidalariga kiritilayotgan özgarişlarga bağişlab ötkazilgan brifingda ma'lumot berdi.
Vazir örinbosarining sözlariga köra, mazkur tartib joriy etilganidan buyon 1,5 oydan ziyod vaqt ötgan bölsa, şu muddat içida yöl-transport hodisalari 18,2 foizga (199ta), YTH oqibatida halok bölganlar 16,7 foizga (45 nafar) va tan jarohati olganlar soni 23 foizga (241 nafar) kamaygan.
Akramxon Boboxonov mazkur yangi yöl harakati qoidasining jahon tajribasidan ötgani haqida ma'lumot berdi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
«Çet el tajribasiga köra, kunning yoruğ vaqtida yaqinni yorituvçi çiroqlarni yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlaniş qarama-qarşi tomondan kelayotgan maşinaning yoki piyodaning diqqatini tortib, ogohlantiradi va yöl-transport hodisasi yuz beriş ehtimolini kamaytiradi. Kunduzgi vaqtda röy berayotgan yöl-transport hodisalarining 50 foizi esa aynan qarama-qarşi tomondan kelayotgan avtomobil yoki piyodani payqamaslik natijasida röy bermoqda.
Mazkur tartib xorij tajribasidan kelib çiqqan holda joriy etilgan. Xususan, u 65ta Yevropa davlatining 25tasida barça avtotransport vositalari uçun majburiy, 15tasida faqatgina mototransportlar uçun belgilangan, 3tasida mavsumiy xarakterga ega bölsa, 4tasida tavsiyaviy asosda joriy etilgan.
Havo harorati 35-50 darajaga yetadigan BAA va Malayziyada ham transport vositalari uçun yaqinni yorituvçi çiroqlarni yoqib harakatlaniş tartibi mavjud. Iqlim şaroiti bizniki bilan deyarli bir xil bölgan qöşni Qirğiziston va Qozoğiston davlatlarida ham xuddi şunday tartib amalda. Mutaxassislarning fikriga köra, bu tartib kiritilgaç YTH körsatkiçi Qirğizistonda 21 foizga, Qozoğistonda 11,12 foizga kamaygan», ─ deydi vazir örinbosari.


















