2019 yilning 30 may kuni soat 10:16da Toşkent şahar YoXB kuç va vositalarini boşqariş va muvofiqlaştiriş markaziga Çilonzor tumani, Kiçik halqa yöli köçasi 7-uy oldida Mercedes-Benz rusumli yengil avtomaşinasida yonğin sodir bölayotganligi haqida xabar berilgan.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi xabariga köra, voqea joyiga 2 ta yonğin öçiriş bölinmalari yuborilgan. 

Bölinmalar çaqirilgan manzilga 7 daqiqada yetib borganda avtomaşinaning motor qismi yonib zararlangani va yonğin haydovçi hamda yölovçilar tomonidan öçirilganligi ma'lum bölgan. Tan jarohati olganlar va halok bölganlar yöq. 

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Yonğinni sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Bundan oldin, Toşkentda «Gazel» yuk avtomaşinasi yonib ketgandi.