Internetda patrul-post xizmati (PPX) xodimi iştirokida yuz bergan voqea tasvirlangan video tarqaldi.
Videoda davlat belgisi 01 475 VSF bölgan «Neksiya-2» rusumli xizmat maşinasida ketayotgan PPX xodimi yölda yaqinni yorituvçi çiroqni yoqmagan holda harakatlanayotganini köriş mumkin.
Haydovçi va uning yölovçisi xodimga yangi qoidalar haqida eslatgan. Şu bilan birga, PPX vakili unga: «Özingiz yoqib olavering!» deb, haydovçidan maşinani töxtatişni talab qiladi.
Quyida suhbatning töliq matni keltiriladi:
Haydovçi: Komandir, faralarni yoqib olaylik
PPX xodimi: Özingiz yoqib olavering
Haydovçi: Nima, sizga yoqiş mumkin emasmi?
PPX xodimi: Menga mumkin emas. Nima deysan? Ol, çekkaga!
Haydovçi: Nega olaman?
PPX xodimi: Ol!
Haydovçi uning talabiga böysungan va öz maşinasini töxtatgan. Xizmat maşinasidan PPX va Milliy gvardiya xodimlari tuşib kelgan.
PPX xodimi haydovçiga savol bilan murojaat qilgan. Suhbat matni:
PPX xodimi: Sening nima işing bor? GAI xodimimisan?
Haydovçi: Yöq, şunçaki söradim. Qonun sizlarga emasmi?
PPX xodimi: Qonunni nazorat qiliş senga emas. Nazorat qiladigan organlar bor, tuşundingmi?
Haydovçi: Xöp, sizga nima mumkin emasmi?
PPX xodimi: Sening nima işing bor?!
Haydovçi: Şunçaki sörayapman


















