O‘zbekiston birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimova manfaatlarini himoya qilayotgan shveysariyalik advokat Greguar Manja may oyi oxirida Twitter’dagi sahifasida himoyasi ostidagi shaxsga tibbiy muolaja bo‘yicha rad javobi berilayotgani to‘g‘risida xabar qoldirdi.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Gulnora Karimova «so‘nggi tashrifidan keyin darhol qamoqxona tibbiy blokidan chiqarib yuborilgan».

Bundan tashqari, Greguar Manjaning ma'lum qilishicha, «Gulnora Karimovaga shifokorlar bo‘yicha rad javobi berilmoqda hamda u doimiy psixologik bosim ostida qolmoqda».

Greguar Manjaning ta'kidlashicha, «Gulnora Karimovaning salomatligi bo‘yicha jiddiy tashvishlanmoqda».

O‘z navbatida, Kun.uz ushbu ma'lumotga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova bilan bog‘landi.

Uning aytishicha, advokatning so‘zlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

«Bu asossiz gap. Shu kunlarda «o‘zini osibdi» degan boshqa gaplar ham chiqib ketdi. Shuni qatiy aytishimiz mumkinki, Gulnora Karimovaning sog‘lig‘i qoniqarli, u belgilangan jazoni o‘tamoqda», - dedi Bosh prokuratura vakili.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning yozida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning katta qizi Gulnora Karimova ishi bo‘yicha ma'lumot bergan, unga ko‘ra Gulnora Karimova 2015 yilning avgustida, ya'ni birinchi prezident Islom Karimov davrida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgani va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangani