Bugun, 7 iyun kuni Poytaxt biznes markazida jamoatçilik tomonidan köplab muhokamalarga sabab bölgan avtomobillarning kunduzi çiroq yoqib yuriş böyiça qonun normasini amalga kiritiş keçiktirilganiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğiliş taşabbusçisi bölgan adliya vazirligi matbuot xodimi Sevara Örinboyeva öz nutqi bilan tadbirni oçib berdi.

«Hammani kirib kelgan Ramazon hayiti bilan tabriklaymiz. Sönggi ikki haftada uşbu mavzu jamoatçilik tomonidan qizğin bahs-munozaralarga sabab böldi. Aytiş mumkinki, guruhlar ikki tomonga bölindi. Kimdir haydovçilar tarafida, kimdir davlat taşkilotlari tarafida böldi. Hamma bu masala böyiça munozaralarda birdek qatnaşdi. Oxir-oqibat jamoatçilik fikri inobatga olindi», deydi u.
Adliya vazirligi boşqarma boşliği örinbosari Hayotjon Qiliçov va IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi xodimi, mayor Azizxon Murodov savollarga javob berişdi. Köplab savollar taklif sifatida yozib olindi.
«Köplab avtomobillar yonib ketişi kuzatilayotgani böyiça e'tirozlar böldi. «Adliya vazirligi bu masalani örganib çiqqanmi?», degan savollar berildi. Aytişim mumkinki, Adliya vazirligi normativ hujjat qabul qilinişidan oldin huquqiy ekspertiza ötkazadi. Ya'ni, boşqa qonun hujjatlariga zid bölmasligi va antikorrupsiyaviy holat yuzasidan tekşiruv ötkazamiz. Uşbu qaror qabul qilinganidan keyin avtomaşinalar yonib ketişi, şu turdagi texnik masalalar oldin bunday tartib bölmagani sababli kuzatilmagan. Mazkur qaror qabul qilinganidan söng, jamoatçilik tomonidan e'tiroz bölgani sababli masala örganib çiqildi. Normativ hujjat qabul qilinişida Adliya vazirligi bunday texnik masalalarni örganib çiqiş bilan şuğullanmaydi. Adliya qonunçilik nuqtai-nazaridan ekspertiza ötkazadi. Masala yuzasidan deputatlar taşabbus bilan çiqişdi, Adliya vazirligi işçi guruh bilan örganib çiqdi, barça bir yoqadan boş çiqarib hukumat qarori çiqarildi», deydi Hayotjon Qiliçov.

Tadbir davomida Özbekistonda bunday qarorlar qabul qilişda jahon standartlarini oliş bilan birga Özbekistondagi yöllar jahon standartlariga töğri kelmasligi böyiça e'tiroz bildirildi.
«Bu qoidadan jahon voz keçdi deyiş notöğri böladi. Bu orqadan yoki oldindan kelayotgan avtomobil uçun huşyorlikni oşiriş uçun belgilangan. Avtomobil yonğini böyiça aytadigan bölsak, avtomobili yonib ketgan insonlarning oldiga borib sörasangiz hammasi qaror sababli deydi. Çunki, öziga xos xarakterimiz şunday.




















