Adliya vazirligida qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkaziş böyiça işlar samaradorligini oşiriş maqsadida «Qonunçilikdagi yangiliklar» nomli matbuot anjumani taşkil etildi.

Adliya vazirligi boşqarma boşliği örinbosari Hayotjon Qiliçov va IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi xodimi mayor Azizxon Murodov qoidaning keyinga qoldirilişiga izoh berib ötişdi.

«2021 yil 1 yanvarga qadar kunning yoruğ vaqtida yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanişi şartligi böyiça talab bekor bölgani yöq. Amalga kiritiş keçiktirildi, xolos. Biz transport vositasi egalariga şu vaqtga qadar tegişli talablarga moslaştiriş uçun imkoniyat berdik. 2021 yildan keyin moslaştirilmagan avtomobillar jarimaga tortiladi. Bunday işlarni özboşimçalik bilan emas, maxsus mutaxassislar amalga oşirişi kerak. Misol uçun, GM Uzbekistan’ning mutaxassislari bor», deya ta'kidlagan içki işlar xodimi.

Bu javobga nisbatan köplab e'tirozlar bildirildi. E'tirozlar mazmuni asosan bunday tartib monopoliyaga yöl oçişi, qölida hunari bor avtomaşina ustalari işsiz qolişi mumkinligi haqida böldi.

«Biz haydovçilarning özlari tomonidan özboşimçalik bilan örnatib oliş holatini nazarda tutdik. Har qanday avtoservisda sohaning mutaxassislari bölişi mumkin. Ular tomonidan bajarilişi lozim. Bu keyinçalik kelib çiqişi mumkin bölgan noxuş holatlar oldini oladi», deydi IIV xodimi.

«Bu masala töğri kötarildi. Yaxşi taklif böldi. Aynan bunday uskunalarni, ya'ni kunduzgi çiroqlarni örnatib berişning tartibini işlab çiqiş kerak. Hujjatlaştiriş tizimi qanday böladi, kimlar qila oladi kabi holatlarga aniqlik kiritiş lozim. Takliflar bering. Körib çiqamiz», deya adliya vakilining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.