Saytimizda bir muddat avval «Kadastrning yangiça «taktika»si: Past Darğomda auksionda yer sotib olgan tadbirkor sarson qilinmoqda» sarlavhasi ostida Samarqand viloyatining Past Darğom tumanida istiqomat qilib kelayotgan Ilhom Xoliqov qariyb yarim yildan buyon auksiondan yutib olgan yeriga egalik hujjatlarini qölga kiritolmayotgani, bunga sabab — Past Darğom tumani yer resurslari davlat kadastri bölimi xodimlari sansalorlikka yöl qöyişayotgani haqida hikoya qilgan edik.

Mazkur maqola yuzasidan Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasidan tahririyatimizga javob xati keldi.

Qömita raisining birinçi örinbosari T.Abdullayev tomonidan imzolangan xatga köra, çindan ham Past Darğom tumanidagi «Kamolot» mahallasi hududida joylaşgan va auksion savdolariga qöyilgan 0,4 ga böş yer uçastkasini 2018 yil 31 oktyabrda fuqaro Ilhom Xoliqov yutib olgani tasdiqlangan.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyundagi «Tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyatini amalga oşiriş uçun yer uçastkalarini doimiy foydalanişga berişning zamonaviy va şaffof mexanizmlarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi №493-sonli qaroriga köra, auksion ğolibi lotning narxini tölaganidan söng auksion bayonnomasiga muvofiq, tuman hokimi tomonidan ğolibga yer uçastkasini ajratiş haqida qaror çiqarilişi va sönggi bosqiçda yer tuziş va köçmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman filiali tomonidan yer uçastkasiga bölgan huquq davlat röyxatidan ötkazilib, guvohnoma berilişi belgilangan.

Uşbu tartibga köra, yer tuziş va köçmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman filiali tomonidan yer uçastkasi ğolibi Ilhom Ismioiloviç Xoliqovga maişiy xizmat körsatiş şoxobçasi qurilişi uçun yer maydoni ajratiş yuzasidan tuman hokimi qarori loyihasi tayyorlanib, 2019 yilning fevral oyida tuman hokimligiga kiritilgan. Biroq tuman hokimi tomonidan qaror loyihasi imzolanmasdan, devonxonada qolib ketgan. Tuman hokimi Şunqor Xudoyberdiyev qarorni imzolamagani sababli yer resurslari davlat kadastri bölimi tomonidan yer maydonlari çegara nuqtalarini belgilab berişning hamda tuman yer tuziş va köçmas mulk davlat kadastri davlat korxonasi tomonidan ğolibga yer uçastkasini rasmiylaştirib berişning huquqiy tomondan imkoniyati bölmagan.