Bugun, 14 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi mutasaddilari iştirokida bölib ötgan «2019 yilning dastlabki 5 oyi mobaynida prokuratura organlari faoliyati» mavzusidagi brifing vaqtida Özbekiston Boş prokurori örinbosari Erkin Törayeviç Yöldoşev Özbekiston Birinçi Prezidentining qizi, korrupsiya işida ayblanib qamalgan Gulnora Karimova haqidagi savolga javob qaytardi.

«Gulnora Karimova ayni paytda jazoni ijro etiş muassasasida jazo ötamoqda. Uning salomatligi böyiça muammolar yöq.

Karimovaning pullarini qaytariş böyiça aytadigan bölsak, bu murakkab jarayon. Bunday işlar boşqa davlatlar bilan hamkorlikda olib boriladi. Taşqaridagi aktivni qaytariş oson iş emas. Uning xorijga olib çiqib ketgan mablağlarini qaytariş böyiça harakatlar xalqaro huquq normalari asosida amalga oşirilmoqda», deya Yöldoşevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Gulnora Karimovaga tegişli 800 million frankni özida saqlaşni istamayotgan Şveytsariya hukumati pullarni Özbekistonga qaytarişga şoşmayapti. 

2019 yil yanvarida Şveytsariya TIV Gulnora Karimovaga tegişli aktivlar taqdiriga qiziqqan DW söroviga javob bergandi. Ma'lum qilinişiça, asosiy masala – Karimovaning Şveytsariyadagi aktivlarini nima qiliş kerakligiga javob topiş lozim. Ya'ni aktivlarni qaytariş va ularni qanday sarflaş böyiça tomonlar örtasida hujjat imzolanişi zarur.  

Gulnora Karimovaning sobiq turmuş örtoği Mansur Maqsudiy Şveytsariyaning Der Bund gazetasiga bergan intervyusida uning Şveytsariyadagi pullariga da'vo qilayotganini bildirgan.

Şveytsariya Gulnora Karimovaning millionlarini Özbekistonga qaytarişi mumkin

Gulnora Karimova 2008 yili Özbekistonning BMTdagi vakili etib tayinlangandi. Biroq 2013 yili u diplomatik immunitetdan mahrum böladi va Şveytsariya prokuraturasi unga nisbatan pullarni özlaştiriş aybi bilan jinoiy iş oçadi. Natijada uning Şveytsariya banklaridagi hisobida saqlangan 800 mln frank muzlatib qöyiladi.