Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov maxsus brifingda OAV vakillariga ŞHTning mintaqa tinçligidagi ahamiyati haqida ma'lumotlar berdi.

– Köpçiligimiz tinçligimizni, osmonimiz musaffoligini e'tirof etamiz. Ammo bu qançalik mehnat evaziga erişilayotganini öylab ham körmaymiz. Yonginamizda, bizga bevosita qöşni bölgan davlat — Afğonistonda bir neça ön yillardan buyon harbiy harakatlar davom etmoqda. Bir hududda notinçlik kuzatilsa, qurollar işga tuşirilsa, taraqqiyot önlab yilga orqaga ketişi, keyingi beş yil içida uruşlar qaytalaniş ehtimoli yuqoriligi isbotini topgan. Tinçlikni yöqotiş juda oson, ammo tiklaş juda maşaqqat. Afğonistonda hozir har kuni tinç aholi vakillari nobud bölmoqda, 3,7 mln bola maktabga bormaydi, ularning 60 foizi qizlardir.

Ana şunday muhim masalalar yeçimida Şanxay Hamkorlik Taşkiloti kabi yirik taşkilotning örni juda katta. Mana oddiy misol – terrorizmga qarşi hamkorlikdagi loyihalarimiz natijasida terroristik taşkilotlarga oid ma'lumotlarning umumiy banki şakllantirildi. Soha mutaxassislarini tayyorlaş böyiça qator tadbirlar taşkillaştirildi. Natija ham salmoqli – ŞHT kotibiyati ma'lumotlariga köra sönggi tört yil içida 600dan ortiq terroristik harakatlar oldi olindi. Terrorçilarning 500dan köproq bazalari yöq qilindi, 2000 nafardan ortiq vakillari qölga olindi — deya ta'kidladi E. Aripov.