1 tonna 27 kilogramm 911 gramm. “26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanişiga qarşi kuraş kuni” munosabati bilan şunça miqdordagi giyohvandlik vositalari Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan taşkil etilgan tadbirda yoqib yöq qilindi. Uşbu vosita va moddalar Özbekiston huquqni muhofaza qiluvçi idoralarining amaliyotlari çoğida musodara qilingan, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

Tadbirda ma'lum qilinişiça, yoqib yöq qilingan giyohvandlik vositalarining 7 kg 757 grami geroin, 195 kg.dan ortiği opiy, 550 kg.dan ortiği marixuana, 56 kg.dan ortiği gaşişdir. Şuningdek, sintetik narkotik vositalari, turli xil, jumladan Tramadol va Lirika kabi psixotrop hamda psixofaol moddalar ham yoqib yuborildi.

2018 yil mobaynida respublika huquq-tartibot idoralari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanişi bilan boğliq 4779ta jinoyat foş etilgan. Noqonuniy aylanişda bölgan jami 1 tonna 172 kg.dan ortiq narkotik moddalar musodara qilingan.
Içki işlar vazirligi tomonidan ötgan 2018 yil mobaynida 4530ta narkojinoyat aniqlanib, 1 tonna 46 kg giyohvandlik vositalari musodara qilingan. DXX 170,8 kg, DXX Çegara qöşinlari salkam 38 kg, Davlat bojxona qömitasi 46,6 kg narkotik, 2278 dona psixotrop tabletkalar hamda 822,3 gram prekursorlar musodara qilgan.




















