Prezident topşiriğiga asosan Adliya vazirligi tomonidan jurnalistlarga ma'lumot taqdim etmaslik yoki notöğri ma'lumot taqdim etiş, şuningdek, ularning faoliyatiga tösqinlik qiliş va jurnalistlarga bosim ötkazganligi uçun davlat organlarining javobgarligi masalasini qonunçilikka kiritiş böyiça işlar olib borilmoqda. Bu haqda Adliya vaziri örinbosari Xudoyor Meliyev «Media-savodxonlik va fake-news» mavzusidagi seminarda ma'lum qildi.

Axborot tarqatiş huquqi va mas'uliyati, yolğon ma'lumot tarqatganlik uçun javobgarlik masalalari muhokama qilingan seminarda «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlaş hamda davlat organlari va taşkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» gi Prezident Qarorida belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

Qarorga muvofiq, Adliya vazirligi ikki oy muddatda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat organlari va taşkilotlari tomonidan ma'lumot taqdim etmaganlik yoki notöğri ma'lumot taqdim etganlik, şuningdek, ommaviy axborot vositalari faoliyatiga tösqinlik qilganlik va jurnalistlarga bosim ötkazganlik uçun javobgarlikni belgilaş töğrisida takliflar kiritişi belgilangan.

«Jurnalistik faoliyatga tösqinlik qiliş, notöğri ma'lumot beriş yoki ma'lumot bermaslik yuzasidan davlat organlariga javobgarlik belgilanadi. Bu javobgarlikning tartibi, körinişi böyiça vazirlik professional qatlam, ya'ni jurnalist va blogerlardan takliflar kutadi», ─ deya ta'kidladi Xudoyor Meliyev.