Özbekiston Respublikasi mudofaa vazirining tegişli buyruğiga köra, Toşboyev Olim Şoyimoviç Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boşliği vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Olim Şoyimoviç 1971 yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tuğilgan. 1994 yilda Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi. Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.
Uzoq yillar davomida Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasida turli vazifalarda işlab, teleradiokompaniya raisining birinçi örinbosari lavozimiga qadar yölni bosib ötgan.

















