Qozoğistonda “Çöl burguti” xalqaro harbiy maşğulotlari ötkazildi, deb xabar berdi Qozoğiston mudofaa vazirligi.

Xabarda aytilişiça, unda Buyuk Britaniya. Hindiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkiya, Özbekiston va AQŞ harbiylari tinçlikparvar operatsiyalar ötkaziş amaliyotlarini bajardi.

Xususan, blokpostlarda xizmat ötaş, gumanitar yuklarni kuzatib boriş, mahalliy aholi bilan muzokara olib boriş, yöllarni minalardan tozalaş, suvni tozalaş va yetkazib beriş kabi vazifalar bajarildi.

“Çöl burguti” maşğulotlari 2003 yildan buyon ötkazib kelinadi.